Ukrainaning ikkita harbiy samolyoti urib tushirildi

Olam

image

Ukraina harbiy-havo kuchlarining ikkita samolyoti Dnepropetrovsk viloyatida urib tushirildi. Bu haqda bugun, 7 yanvar kuni, Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi. 

“Dnepr shahri yaqinida Su-25 hujumchi samolyoti yo‘q qilindi. Ukraina Harbiy-havo kuchlarining yana bir samolyoti, Su-27 qiruvchisi Krivoy Rog yaqinida urib tushirildi”, deyiladi xabarda.

Ikkala samolyot ham havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan urilgan.

Avvalroq esa Rossiya Mudofaa vazirligi Qora dengiz osmonida Ukrainaning oltita raketasini tutib olgani haqida xabar bergan edi. Mudofaa vazirligi Rossiya hududiga raketa uchirilishini teraktga urinish deb atadi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya va Ukrainaning jami yo‘qotishlari e’lon qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy samolyot Dnepropetrovsk

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made