Ukrainaning energetika korxonasiga zarba berildi
Olam
−
18 Oktabr 2022
8270Bugun, 18 oktyabr kuni Ukrainaning “Energo” kompaniyasining ikkita korxonasi Rossiya raketa zarbalariga uchradi. Oqibatda bir kishi halok bo‘ldi, olti kishi yaralandi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
“Yaradorlardan biri olgan og‘ir jarohatlari tufayli tez yordam mashinasida vafot etdi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, elektr jihozlari jiddiy shikastlangani qayd etilgan.
“Hujumlar to‘xtagach, korxonalar xodimlari talafotlarni bartaraf etish va ishlarni qayta yo‘lga qo‘yish bo‘yicha harakat boshlashi mumkin. Ob’ekt xavfsizligi uchun faqat o‘ta zarur bo‘lgan xodimlar qolgan. Ular xavfsiz boshpanalarda. Qolganlarning hammasi masofadan turib ishlamoqda”, deyiladi kompaniya xabarida.
Eslatib o‘tamiz, 17 oktyabr kuni Ukraina hududi bo‘ylab Kiyevga uyushtirilgan dronlar hujumlari hamda Dnepr va Sumi viloyatlariga raketa zarbalaridan so‘ng havo ogohlantirishi e’lon qilindi. Ukraina poytaxtida havo hujumi 3 soat 8 daqiqa davom etdi, yangi zarbalar soat 9:31 da berildi. Erta tongda signal qabul qilingani sababli, dushanba kuni Kiyevdagi barcha ta’lim muassasalari masofaviy ish rejimiga o‘tkazildi.
LiveBarchasi