Ukrainanig “sevimli” nishoni: Wildberries’ning eng yirik ombori bombalandi (video)

Olam

image

Moskva va Moskva viloyati bugun, 16 avgustga o‘tar kechasi dronlar hujumiga uchradi. Zarba oqibatida Podolskdagi “Koledino” industrial parki hududida joylashgan Wildberries marketpleysi omborida yong‘in chiqdi. Bu haqda viloyat hokimiyati xabar berdi.

Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobev kamida bir kishi halok bo‘lgani va yana olti kishi jarohatlangani haqida xabar bermoqda. U ushbu hujumni oxirgi vaqtlardagi eng ommaviy hujumlardan biri deb atagan.

Hokimiyat tomonidan tasdiqlangan, hujumga uchragan ob’ektlar orasida Podolskdagi Wildberries ombori ham bor. Bu kompaniyaning Rossiyadagi eng yirik logistika markazlaridan biri. Wildberries’ning o‘zi ushbu hujumga izoh bermadi. Vorobevning postida ta’kidlanishicha, ushbu hujum oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Shuningdek, gubernator Domodedovodagi yana bir ombor binosida yong‘in chiqqanini tasdiqlamoqda. U buni “dori-darmonlar ombori” deb atagan. OSINT-loyihalar va mahalliy hokimiyat gap “Severnoye Domodedovo” majmuasi haqida ketayotganini tasdiqlamoqda.

Moskva meri Sergey Sobyaninning so‘zlariga ko‘ra, poytaxtga qilingan tungi hujumda 600 ga yaqin dron ishtirok etgan. Bundan tashqari, tunda Rostov viloyati ham hujumga uchragan. Besh kishi halok bo‘lgan va yana bir kishi jarohatlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq marketpleys omborlariga dronlar hujumidan Wildberries va platforma sotuvchilariga yetkazilgan umumiy zarar 600-800 milliard rublga baholanayotgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, Wildberries asoschisi va bosh direktori Tatyana Kim Ukraina dronlarining kompaniya logistika ob’ektlariga qilgan hujumlari oqibatida O‘zbekiston va boshqa bir qator mamlakatlar tadbirkorlari milliardlab zarar ko‘rganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing