Ukrainani qiyin qish kutmoqda. Shvetsiya bunda unga yerdam beradi
Olam
−
02 dekabr 4131 1 daqiqa
Shvetsiya Ukrainaning favqulodda ehtiyojlarini qondirish, jumladan energiya ta’minoti, buzilgan infratuzilmani tiklash, shuningdek, islohotlar va sog‘liqni saqlash tizimiga ko‘maklashish uchun 100 million yevro miqdorida moliyaviy yordam ajratadi. Bu haqda Shvetsiya hukumati bugun, 2 dekabr kuni ma’lum qildi.
Noyabr oyi boshida Ukrainaning “Ekonomicheskaya pravda” nashri hukumatdagi manbalariga tayanib, Ukraina bir necha kun ichida 1 gigavatt elektr energiyasi ishlab chiqarishni yo‘qotgani, bu esa 12 soatdan ortiq davom etadigan elektr uzilishlariga olib kelishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.
Ayni paytda, Kommunal iste’molchilar uyushmasi rahbari Oleg Popenko kelayotgan qish “juda qiyin bo‘lishi” haqida ogohlantirdi, past haroratlarda gaz ta’minotiga cheklovlar qo‘yilishi mumkin. Shvetsiyaning yangi yordam paketi ushbu xavflarni qisman yumshatishga qaratilgan.
“Biz ko‘p qavatli uylarda qolishga majbur bo‘lamiz, u yerda harorat odatdagidek 17-22 daraja emas, balki 12-14 daraja bo‘ladi va bosim pasayadi va hatto gazda uzilishlar bo‘lishi mumkin”, dedi u.
Ma’lumot o‘rnida, Rossiyaning keng ko‘lamli bosqinining boshidan beri Shvetsiya Ukrainani faol qo‘llab-quvvatladi. Shvetsiya hukumatiga ko‘ra, Stokgolm allaqachon Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun jami 10 milliard yevro ajratgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniya Ukrainaga 11,5 milliard yevrodan ortiq yordam ajratgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi