Ukrainalik sportchilarning rossiyaliklarga qarshi musobaqalashishiga ruxsat berildi
Sport
−
27 iyul 2023 5003 1 daqiqa
Ukrainalik sportchilarga Rossiya vakillariga qarshi musobaqalarda qatnashishga ruxsat berildi. Bu bo‘yicha Ukraina yoshlar va sport vazirligi maxsus qaror qabul qildi.
Qaror bilan Ukraina sportchilarining neytral maqomda qatnashayotgan Rossiya va Belarus sportchilari bilan xalqaro musobaqalarda ishtirok etish taqiqi bekor qilingan.
Biroq mamlakat terma jamoalarini faqat ruslar va belaruslar o‘z bayroqlari ostida yoki o‘zlarining ommaviy harakatlari hamda bayonotlari bilan milliy mansubligini ifoda etadigan turnirlarda qatnashishini taqiqlaydi.
Ma’lumot uchun, joriy yilning mart oyida xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) xalqaro federatsiyalarga “maxsus operatsiyani” qo‘llab-quvvatlamagan rossiyaliklarni neytral sportchilar sifatida musobaqalarga qabul qilishni tavsiya qilgan edi.
Live
Barchasi