Ukrainalik model Turkiyada o‘lasi qilib kaltaklandi
Madaniyat-san’at
−
05 avgust 2020
3400523 yashar ukrainalik top-model Darya Kirilyuk bu yilgi ta’tilini unutmaydigan bo‘ldi. Turkiya plyajlarida qallig‘i bilan hordiq chiqarayotgan Kirilyuk plyaj qo‘riqchilari tomonidan ayovsiz kaltaklangan. Do‘pposlanganlar orasida modelning uch dugonasi va ularning hamrohlari (yigitlar) bo‘lgan.
“Men, o‘zim, qallig‘im va guruhimiz bilan sodir bo‘lgan ushbu voqea haqida sukut saqlashni istamayman. Bizni Momo plyaji qo‘riqchilari do‘pposladi. 4 nafar qizning yuzlari momataloq qilingan, jumladan meni ham. Yigitlar ham juda qattiq kaltaklangan. Bularni politsiyaga aytib berdik. Biz bo‘lib o‘tgan voqealarga ko‘z yumishga majbur emasmiz”, deb yozadi model.
Kirilyuk, shuningdek momataloq bo‘lib ketgan yuzining suratini ham omma bilan bo‘lishadi.
Plyaj ma’muriyati ushbu holat hudud tashqarisida yuz bergani va bunga xodimlarning aloqasi yo‘qligini ma’lum qilgan. Plyaj rahbariyati Kirilyuk aslida do‘sti tomonidan kaltaklangani va aybni qo‘riqchilarga ag‘darayotgani uchun sudga murojaat qilishini aytmoqda.
O‘z navbatida model plyaj rahbariyatidan videokuzatuv moslamalaridagi videolarni berishni so‘raydi.
“U lavhalarni ommaga oshkor qilishni istamasligi, odamlardan yashiradigan narsasi borligini va ular aybdorligini anglatadi. Men Turkiyani yaxshi ko‘raman va u juda go‘zal mamlakat, lekin bunday narsa XXI asrda yuz berishi mumkinligi juda achinarli!”, deydi model.
Ushbu janjal ikki mamlakat amaldorlarining ham e’tiboriga tushdi. Turkiya rasmiylari zudlik bilan voqea joyiga yetib bordi. Turkiya Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy bo‘lib o‘tgan voqealarni qoraladi.
“Men Chashma turistik zonasidagi dahshatli hujumni qoralayman. Bu voqea turistik hududda sodir bo‘lmasligi kerak edi, ayniqsa, ayol kishiga nisbatan”, degan vazir.
LiveBarchasi