Turkiya Hukumati do‘pposlangan modeldan uzr so‘radi

Madaniyat-san’at

image

Avvalroq, ukrainalik taniqli model Darya Kirilyuk va uning do‘stlari Turkiyaning Chashma shahridagi plyajlardan birining qo‘riqchilari tomonidan do‘pposlangani, uning yuzi momataloq bo‘lib ketgani, model internet orqali shikoyat qilgani va ushbu hodisa ikki mamlakat Hukumati e’tiboriga tushgani haqida xabar bergan edik.  

Joriy yilning 31 iyul kuni ro‘y bergan ushbu voqeaga Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifasida munosabat bildirdi: 

"Men juma kuni kechqurun Chashma shahrida, turistik xududida aslo sodir bo‘lishi kerak bo‘lmagan voqeani, ayniqsa, bir ayolga nisbatan qilingan bunday hunuk hujumni qoralayman. Bu qabul qilib bo‘lmaydigan tentaklik hech kimga foyda keltirmasligini birgalikda ko‘rib chiqamiz”. 

Turkiya Hukumatining qo‘llab-quvvatlashidan ilhomlangan Darya Kirilyuk yana ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida chiqish qilib, uning dardiga sherik bo‘lganlarga va vazir Mehmet Nuri Ersoyga minnatdorlik bildirdi. 

“Chashma shahridagi plyajda sodir bo‘lgan baxtsiz voqea sababli mening dardimga sherik bo‘lgan barcha aziz turk fuqarolariga, meni qo‘llab-quvvatlagan barchaga minnatdorlik bildiraman. Har safar maroqli hordig‘imga sabab bo‘lgan Turkiyada sodir bo‘lgan bu voqeaning kuzatuvchisi bo‘lgan Turkiya Hukumatiga, janob vazir Mehmet Nuri Ersoy va Hukumat vakili Omer Chelikka ushbu masalaga alohida e’tibor qaratganlari uchun rahmat aytaman. Ishonamanki, mazkur voqea Turkiyadagi adolatli tizim sabab tezlik bilan fosh etiladi va aybdorlar jazosini oladi. 

Ta’tilni Turkiyada o‘tkazish juda maroqli, men hammani ushbu mamlakatda dam olishga chaqiraman”, deb yozadi o‘lasi qilib do‘pposlangan model. 

Eslatib o‘tamiz, Turkiyada sodir bo‘lgan voqeada modeldan tashqari uning yana uch dugonasi va ularning yigit do‘stlari ham do‘pposlangan. 


Maqola muallifi

Teglar

Dar'ya Kirilyuk Mehmet Nuri Ersoy

Baholaganlar

697

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing