Ukrainalik qochqinlar soni 5 mlndan oshib ketdi – BMT

Olam

image

Urush boshlanganidan beri Ukrainadan 5 milliondan ortiq tinch aholi tark etgan. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi ma’lum qildi

Qayd etilishicha, joriy yilning 24 fevralidan 20 apreligacha Ukrainani tark etgan qochqinlar soni 5 085 360 nafarga yetgan.

Qochqinlardan 2 847 540 kishi Polshaga, 476 213 Vengriyaga, 346 175 Slovakiyaga, 563 266 Rossiyaga, 563 266 Molodovaga, 763 769 Ruminiyaga, 23 900 Belarusga va 364 000 dan ortig‘i boshqa Yevropa davlatlariga ketgan. 

Aytish joizki, joriy yilning 18 aprel holatiga ukrainalik qochqinlar 4 million 980 ming 589 nafarni tashkil etgandi. 

Joriy yilning 24 fevralidan 14 apreliga qadar esa Ukrainada kamida 1 982 tinch aholi halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

54

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing