Ukrainalik qochqinlar soni 5 millionga yaqinlashdi – BMT

Olam

image

Ukrainada urush boshlanganidan beri mamlakatdan 4,98 milliondan ortiq tinch aholi qo‘shni davlatlarga qochib ketgan. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi boshqarmasi bayonot berdi

Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 24 fevralidan 18 apreligacha Ukrainani tark etganlar soni 4 million 980 ming 589 nafarga yetgan. Kecha, 18 aprel kuni qo‘shni davlatlar chegarasini 85 ming 921 kishi kesib o‘tgan.

BMT Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi ma’lumotlariga ko‘ra, 24 fevraldan 18 aprelgacha Rossiyaga 535 842, Polshaga 2 800 713, Ruminiyaga 750 693 va Vengriyaga 465 598 qochqin kelgan.

Avvalroq, BMT joriy yilning 24 fevralidan 14 apreliga qadar Ukrainada kamida 1 982 tinch aholi halok bo‘lganini e’lon qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

58

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing