Ukrainaga yetkazilgan zarar Rossiyani qancha summaga tushirgani ochiqlandi

Olam

image

G7 sammiti doirasida Italiyada yig‘ilgan yettilik guruhiga a’zo davlatlar Ukrainaga yetkazilgan zarar uchun Rossiyaning 486 milliard dollardan ortiq tovon to‘lashi kerakligini ma’lum qildi. Bu haqda guruhga a’zo davlatlarning qo‘shma bayonotida ma’lum qilindi.

“Rossiya Ukrainaga yetkazilgan zararni qachon to‘lashi to‘g‘risida o‘zi qaror qabul qilishga haqli emas. Biz Ukrainaning iqtisodiy inqiroziga sabab bo‘lgan Rossiya g‘alaba qozonishi mumkinligi haqidagi yolg‘on fikrlarni yo‘q qilishga qat’iy qaror qildik”, deyiladi hujjatda.

Keltirilishicha, G7 davlatlari Rossiyani ushbu talablarni bajarishga majburlashi mumkin bo‘lgan barcha huquqiy vositalarni ko‘rib chiqishda davom etmoqda. Bundan tashqari, ishtirokchilar Rossiyaning Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridagi aktivlari Rossiya o‘z agressiyasini to‘xtatmaguncha va Ukrainaga yetkazilgan zararni to‘lamaguncha muzlatib qo‘yilishini ta’kidladi. Aktivlardan olingan daromad Ukrainaga 50 milliard dollar miqdoridagi kreditni qoplash uchun ishlatiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya G7 sammitida Ukrainaga 300 million dollardan ortiq mablag‘ ajratishi xabar qilingandi. AQSH Prezidenti Jo Bayden esa G7 sammitiga Rossiyaga qarshi sanksiya va Ukraina xavfsizligi bo‘yicha kelishuv bilan borgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing