Ukrainaga NATOga kirish va’da qilinmagan – Ryutte
Olam
−
10 may 4127 2 daqiqa
NATO Ukrainaga Rossiya bilan mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha kelishuv doirasida alyansga qo‘shilish haqida va’da bermagan, bu uzoq muddatli ko‘rib chiqishni talab qiladigan masala bo‘lib qolmoqda. Bu haqda NATO Bosh kotibi Mark Ryutte Bryusselda rasmiy tashrif bilan borgan Germaniya kansleri Fridrix Mers bilan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Bosh kotibning so‘zlariga ko‘ra, NATO Ukrainaga oxirigacha yordam berishga va’da bergan xolos.
“NATO Ukrainaga qaytmas yo‘lni va’da qildi, ammo biz hech qachon bu tinchlik kelishuvi natijasi bo‘lishiga va’da bermaganmiz. Biz bu uzoqroq istiqbolga mo‘ljallangan masala deb hisoblaymiz”, degan u.
Shuningdek, Ryutte “Rossiya bilan mojaro tugaganidan keyin xavfsizlik kafolatlari”ning bir qismi sifatida NATO Ukrainani alyansga taklif qilish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlaydimi, degan savolga ham bu noma’lumligini aytgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning alyansga uzoq muddatli istiqbolda a’zo bo‘lish ehtimoli bor, biroq hozirda olib borilayotgan tinchlik muzokaralari doirasida emas.
Shu bilan birga, avvalroq Ukraina Bosh vazirining o‘rinbosari Olga Stefanishina Ukrainaning Shimoliy Atlantika alyansiga qo‘shilishiga NATOning barcha davlatlari rozi bo‘lganini ma’lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Germaniya kansleri Fridrix Mers, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron va Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer bugun, 10 may kuni ertalab Kiyevdagi asosiy temiryo‘l vokzaliga yetib borgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi