Ukrainaga ikki o‘yin uchun texnik mag‘lubiyat yozilishi mumkin

Sport

image

Portugaliyaning Mais Futebol nashri taqatgan xabarga ko‘ra, Ukraina terma jamoasi YeVRO 2020 saralashi doirasida qo‘lga kiritgan 4 ochkosining barchasidan mahrum etilishi mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ukraina futbol federatsiyasi braziliyalik futbolchi Junior Morayesni mahalliylashtirishda qoidalarni buzgan. Bu futbolchi 18 mart kuni Ukraina pasportini olgan edi. FIFA reglamentiga ko‘ra, boshqa mamlakatda tug‘ilgan futbolchi milliy terma jamoaga jalb etilishi uchun ushbu mamlakatda 5 yil davomiy istiqomat qilgan bo‘lishi kerak. 

Aytilishicha, Morayes pasportni olgunga qadar, Ukraina hududida yashayotganiga 4 yil 8 oy bo‘lgan. Bu muddat futbolchining terma jamoada o‘ynashi uchun yetarli hisoblanmaydi.

Agar FIFA ushbu holat bo‘yicha Ukrainani aybdor deb topadigan bo‘lsa, Ukraina terma jamoasiga Portugaliya va Lyuksemburg terma jamoalariga qarshi o‘yinlari uchun texnik mag‘lubiyat yoziladi. Ta’kidlash zarur, ukrainlar ushbu o‘yinlarda bir g‘alaba va bir durrangga erishib, jami 4 ochkoni qo‘lga kiritgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina EVRO 2020

Baholaganlar

77

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing