Ukrainaga Germaniyadan yangi qurollar yetib keldi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Germaniya o‘tgan haftada Ukrainaga uchta Dachs zirhli ekskavatori, 70 ta MG3 pulemyoti, Leopard 2 tanklari va Marder piyoda jangovar mashinalari uchun ehtiyot qismlar, shuningdek, 30 ta dronlarni aniqlash tizimini topshirdi. Bu haqda bugun, 24 mart kuni Germaniya hukumati saytida chop etilgan Kiyevga yetkazib berilgan qurollarning yangilangan ro‘yxatida ma’lum qilindi.

Hisobotda aytilishicha, MG3 pulemyotlari keyinchalik zirhli transport vositalariga, jumladan Dachs zirhli ekskavatorlariga, Leopard 2 tanklariga va Marder piyoda jangovar mashinalariga o‘rnatish uchun mo‘ljallangan.

Shuningdek, Germaniya hukumati Kiyevga Gepard o‘ziyurar zenit qurollari, 14 ta Panzerhaubitze 2000 o‘ziyurar qurollari, 5 ta ko‘p raketa tizimlari va 1 ta IRIS-T havo mudofaa tizimini yetkazib berishni ma’qullagan. 25 yanvar kuni Germaniya hukumati Ukrainaga qurolli kuchlar zaxirasidan 14 ta Leopard 2 tankini yuborishini va boshqa mamlakatlarga ushbu texnikani reeksport qilish uchun ruxsat berishini tasdiqlagan. 7 fevral kuni Germaniya Vazirlar Mahkamasi Kiyevga 178 ta Leopard 1A5 tanklarini yetkazib berishni ma’qullagan.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Ukraina Kiev Leopard 2

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing