Ukrainadan Moldovaga o‘tgan o‘zbekistonliklarni olib kelish harakati boshlandi
Jamiyat
−
08 mart 2022 4130 1 daqiqa
Moldova Respublikasi hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini olib chiqish masalasini ishlab chiqish boshlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Yusuf Qobuljonov ma’lum qildi.
Vazirlik rasmiysiga ko‘ra, joriy yilning 7-8 mart kunlari Ukrainadan Polshaning Katovitse aeroporti orqali 428 nafar O‘zbekiston fuqarosi, shu jumladan 69 nafar ayol, 48 nafar voyaga yetgaman shaxs va 11 nafar chaqaloq olib kelingan.
28 fevraldan 8 martga qadar 21 ta aviareys tashkillashtirilgan hamda urush bo‘layotgan joylardan 4 787 nafar O‘zbekiston fuqarosi qaytarilgan.
8 mart kuni yana ikkita reys amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Live
Barchasi