Ukrainadan qochgan qancha o‘zbekistonlik Vatanga qaytarib olib kelingani aytildi
Jamiyat
−
05 mart 2022
3595Joriy yilning 28 fevralidan 5 martiga qadar Ukrainadan Polshaga o‘tgan O‘zbekiston fuqarolarini Vataniga olib kelish uchun 14 ta aviareys tashkillashtirilgan. Natijada 3 245 nafar fuqaro O‘zbekistonga qaytarilgan. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Yusuf Qobuljonov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 4-5 mart kunlari Ukrainadan Polshaning Katovitse aeroporti orqali 666 nafar O‘zbekiston fuqarosi, shu jumladan 89 nafar ayol, 59 nafar voyaga yetgaman shaxs va 8 nafar chaqaloq olib kelingan.
28 fevraldan 5 martga qadar 14 ta aviareys tashkillashtirilgan va 3 245 nafar o‘zbekistonlik qaytarilgan. Bugun ham qator reyslar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonnig Kiyev shahridagi elchixonasining harakatlari bilan Truskavets shahrida davolanayotgan 20 nafar o‘zbekistonlik evakuatsiya qilingan. Sumi viloyati ma’muriyati bilan bu yerdagi oliygohlarda o‘qiyotgan 25 nafar o‘zbek talabasini olib chiqish uchun “yashil yo‘lak” ochish masalasi ishlab chiqilmoqda.
“O‘zbekistonning Ukrainadagi Elchixonasi vatandoshlar bilan doimiy muloqot olib bormoqda. Diplomatlar Ukrainaning turli nuqtalarida, shu jumladan, jang harakatlari davom etayotgan hududlarda bo‘lib, fuqarolarimizni evakuatsiya qilish ishlarini amalga oshirmoqda”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi