Ukrainadan qariyb 2,5 ming bola noqonuniy ravishda Belarusga olib ketilgan – hisobot
Olam
−
17 noyabr 2023
37802022 yil 24 fevraldan joriy yilning 30 oktyabrigacha kamida 6 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan 2442 nafar bola Ukrainaning Rossiya tomonidan bosib olingan hududlaridan Belarusga noqonuniy jo‘natilgan. Bu haqda kecha, 16 noyabr kuni AQSHning Yel jamoat salomatligi maktabi qoshidagi Gumanitar fanlar tadqiqot laboratoriyasi tomonidan chop etilgan hisobotda aytiladi.
Hisobot mualliflari Belarus hududida urush paytida Ukrainadan bolalar olib ketilgan 13 ta joyni ko‘rsatgan.
“Ulardan kamida sakkiztasida bolalar madaniy, tarixiy, ijtimoiy va vatanparvarlik ta’limotlari yoki Belarus va Rossiya rejimlarining siyosiy manfaatlariga xizmat qiluvchi g‘oyalarni singdirish orqali qayta tarbiyalangan”, deyiladi hujjatda.
Bundan tashqari, tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, Ukrainadan kamida olti guruh bolalar Belarusda, shu jumladan mamlakat ichki qo‘shinlari bazasida harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan.
“Hozirda bu bolalarning qanchasi Belarus hududida qolayotgani noma’lum. Bolalarni Ukrainadan Belarusga olib o‘tish bilan bog‘liq asosiy shaxslar hech qanday dalilsiz barcha bolalar Ukrainaga qaytarilganligini aytishdi", deyiladi hujjatda.
Biroq ushbu hisobotda tilga olingan bolalar Ukrainaning Rossiya tomonidan bosib olingan hududlariga qaytganini tasdiqlovchi to‘liq va ishonchli ma’lumotlar topilmagan.
LiveBarchasi