Ukrainadagi urushda 400 bola qurbon bo‘ldi – BMT

Olam

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning fevral oyidan buyon davom etib kelayotgan Rossiya bosqini oqibatida Ukrainada 400 dan ortiq bola halok bo‘ldi, ko‘plari jarohatlandi, oila a’zolaridan ayrildi yoki uylarini tark etishga majbur bo‘ldi. Bu haqda BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida so‘zlagan nutqida bosh kotibning siyosiy va tinchlik o‘rnatish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Rozmari DiKarlo so‘z ochdi. 

“Bugun men eng kichik ukrainaliklarning huquqlari, xavfsizligi va himoyasini ta’minlash muammosiga e’tibor qaratmoqchiman. 400 dan ortiq bolalar halok bo‘ldi, ko‘plari jarohatlandi, oila a’zolaridan ayrildi yoki uylarini tark etishga majbur bo‘ldi. “Urush bolalari” hukumat portalining ma’lum qilishicha, 12 noyabr holatiga ko‘ra 279 nafar bola bedarak yo‘qolgan. Shuningdek, bolalarning Ukraina yoki Rossiya Federatsiyasida Rossiya tomonidan bosib olingan hududga majburan ko‘chirilishi haqida xavotirli xabarlar bor”, deydi u. 

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi (IHBOKB) xalqaro insonparvarlik qonunchiligini buzgan holda Rossiya Federatsiyasiga deportatsiya qilingan bolalarning bir necha holatlarini ham hujjatlashtirgan. 

Boshqarma inson huquqlari buzilishining boshqa turlarini, jumladan, mojaro bilan bog‘liq jinsiy zo‘ravonlikning 57 ta tasdiqlangan holatlarini hujjatlashtirishda davom etmoqda. Ushbu hodisalarning 48 tasi Rossiya harbiylari va unga aloqador qurolli guruhlarga tegishli, to‘qqiztasi Ukraina Qurolli kuchlari va huquqni muhofaza qilish organlari bilan bog‘liq.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

18

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing