Ukrainadagi urush fonida Qozonda o‘tkaziladigan Olimpiada bekor qilindi
Sport
−
04 mart 2022
44142023 yilda Rossiyaning Qozon shahrida bo‘lib o‘tadigan Maxsus Olimpiada o‘yinlari bekor qilindi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Qayd etilishicha, bunday qaror Ukrainadagi vaziyat munosabati bilan qabul qilingan. Musobaqa 2023 yilning 21 – 27 kunlari o‘tkazilishi kerak edi.
Ma’lumot o‘rnida, Maxsus Olimpiada o‘yinlari intellektual nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida qishki va yozgi sport turlari bo‘yicha to‘rt yilda bir marta o‘tkaziladi. Birinchi Maxsus Olimpiada o‘yinlari 1968 yil iyul oyida Chikagoda bo‘lib o‘tgan.
Olimpiada faqat aqliy nuqsonlari bo‘lgan odamlarni hayotga moslashtirish uchun o‘tkaziladi. Musobaqalardan maqsad eng kuchlilarni saralash yoki sport rekordlarini o‘rnatish emas.
Rossiya sportiga kiritilgan cheklovlar
Rus qo‘shinlari Ukrainaga kirgach, Xalqaro dzyudo federatsiyasi (XDF) Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni tashkilot faxriy prezidenti va elchisi maqomidan mahrum qildi.
Polsha, Chexiya va Shvetsiya futbol terma jamoasi Jahon chempionatiga saralash doirasida Rossiya bilan o‘yinga borishdan bosh tortdi.
Yevropa futbol uyushmalari ittifoqi (UEFA) 2022 yilgi Yevropa Chempionlar ligasi finali Sankt-Peterburg shahridan Parijga ko‘chirilganini ma’lum qildi.
FIFA hamda UEFA Rossiya terma jamoalari va klublarini barcha futbol musobaqalaridan chiqarib tashladi.
Xalqaro basketbol federatsiyasi rossiyalik basketbolchilar va rasmiy shaxslarni tashkilot shafeligidagi barcha musobaqalarda ishtirok etishdan chetlashtirdi.
Dunyodagi eng yirik sport kiyimlari kompaniyasi “Adidas” Rossiya futbol jamoalari bilan hamkorlikni to‘xtatganini ma’lum qildi. Shuningdek, Germaniyaning "Shalke 04" klubi va UEFA'ning o‘zi ham Rossiyaning "Gazprom" transmilliy kompaniyasi bilan hamkorlikni to‘xtatdi.
Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi (IPC) rossiyalik va belaruslik atletlarni Pekin-2022 Paralimpiya o‘yinlaridan chetlatdi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr