Ukrainadagi Starlink tarmog‘i AQSHdan mablag‘ olmagan – Ilon Mask

Texnologiya

image

SpaceX hozirda Ukrainada ishlayotgan 25 000 ta Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqa terminallaridan 11 tasini ishlatish uchun to‘lov oladi. Kompaniya Pentagondan hech qanday mablag‘ olmaydi. Bu haqda SpaceX asoschisi va rahbari Ilon Mask ma’lum qildi. 

“AQSH Mudofaa vazirligidan pul yo‘q, lekin 25 mingta terminaldan taxminan 11 tasi uchun yana bir qancha davlatlar, tashkilotlar va jismoniy shaxslar to‘laydi”, deb yozdi u Twitter’da ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi savoliga javob berar ekan. 

Maskning ta’kidlashicha, SpaceX har oyda to‘lanmagan xizmatlar va kiber urushga qarshi xavfsizlik choralari bilan bog‘liq xarajatlar tufayli taxminan 20 million dollar yo‘qotmoqda. 

 "Biroq, biz buni davom ettiramiz (ho‘rsinib)”, deya qo‘shimcha qildi tadbirkor. 

13 oktyabr kuni CNN telekompaniyasi SpaceX AQSH Mudofaa vazirligini Ukrainadagi sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimi uchun to‘lashni to‘xtatishi va Kiyevni noma’lum muddatga yangi terminallar bilan ta’minlashni rejalashtirmayotgani to‘g‘risida xabardor qilgan xatni qo‘liga olgani haqida xabar berdi. Hujjatda, shuningdek, Pentagonga Kiyevga qo‘shimcha Starlink terminallarini yetkazib berish uchun pul to‘lash hamda tizimning Ukraina rasmiylari va harbiylari manfaatlarini ko‘zlab ishlashini moliyalashtirish so‘rovi ham bor edi. 14 oktyabr kuni Pentagon matbuot kotibining birinchi o‘rinbosari Sabrina Singx agentlik Ukrainada Starlink’ga muqobil variantlar mavjudligiga ishonishini aytdi. 

15 oktyabr kuni Mask moliyaviy yo‘qotishlarga qaramay, Ukrainadagi Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimining ishlashi uchun to‘lovni o‘zi to‘lashda davom etishini ma’lum qildi. AQSH Davlat kotibining Yevropa va Yevroosiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi Karen Donfrid AQSH Tashqi ishlar vazirligi qarorni olqishlashini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

SpaceX Ilon Mask Starlink

Baholaganlar

129

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing