Ukrainadagi portda Turkiyaga tegishli kemaga raketa kelib tushdi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Ukraina janubidagi Xerson shahri portida Turkiyaga tegishli umumiy yuk tashuvchi kemaga raketa urildi va oqibatda yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.

Qayt etilishicha, raketa kecha, 25 yanvar kuni portda turgan “Tuzla” nomli kemaning ko‘prigiga tegib ketgan va yong‘inga sabab bo‘lgan. Tarmoqlarda tarqalgan videotasvirlarda kemaning boshqaruv xonasi yonayotganini ko‘rish mumkin.

“Kecha tunda portlash sodir bo‘ldi, katta ehtimol bilan kemaga portlovchi moslama tushganga o‘xshaydi. Xersondagi turk kemalari skelet ekipaji (kam sonli jamoa a’zolari) tomonidan boshqariladi, shuning uchun hech qanday jarohat olganlar ham, qurbonlar ham yo‘q”, degan voqeaga guvoh bo‘lgan shaxs.

Manbaga ko‘ra, 2022 yil fevral oyidan beri portda qolib ketgan “Tuzla” kemasi “Cayeli Shipping” kompaniyasiga tegishli bo‘lgan. Hozircha kompaniya kemadagi yong‘in to‘g‘risida hech qanday ma’lumot bermagan.  

Ma’lumot uchun, Xersonda ham, BMT vositachiligidagi Qora dengiz bo‘ylab g‘alla shartnomasiga kirmaydigan boshqa Ukraina portlarida ham umumiy hisobda o‘n ikkita turk kemasi mavjud.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing