Ukrainadagi inqiroz tufayli “Chelsi” xo‘jayini bir kunda 778 mln yevro yo‘qotdi
Sport
−
15 fevral 2022
7656Londonning “Chelsi” klubi egasi, rossiyalik milliarder Roman Abramovich Ukrainadagi vaziyat tufayli bir kunda taxminan 778 million yevro (880 mln 915 ming dollar) yo‘qotdi. Bu haqda “The Sun” nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, London fond birjasida Abramovichga qarashli EVRAZ po‘lat ishlab chiqarish va qazib olish kompaniyasi aksiyalari 29 foizga arzonlashgan. Investorlar Rossiya kompaniyalariga qarshi joriy etilishi mumkin bo‘lgan sanksiyalardan qo‘rqishmoqda.
Ma’lumot uchun, Abramovich 2003 yildan beri "Chelsi"ga egalik qiladi. Bu vaqt ichida "ko‘klar" to‘rt karra Angliya chempioni bo‘lishdi, ikki marta Chempionlar ligasi va Yevropa ligasida g‘alaba qozonishdi, bir marta UEFA Superkubogini, besh marta Angliya kubogini, uch marta Liga kubogini va ikki marta Angliya Superkubogini qo‘lga kiritishdi.
Avvalroq bir qator davlatlar o‘z fuqarolariga xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat tufayli Ukrainani zudlik bilan tark etishni tavsiya qilayotgani xabar qilingan edi.
Shaxboz Qahhorov
LiveBarchasi