Ukrainada jang qilgan 43 yoshli qoraqalpog‘istonlikning jasadi O‘zbekistonga yuborildi

3-sahifa

image

Rossiya-Ukraina urushida “Vagner” safida jang qilgan yana bir nafar o‘zbekistonlikning jasadi Qoraqalpog‘istonda dafn etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Rossiya Federatsiyasiga muhojir sifatida borgan asli qoraqalpog‘istonlik 43 yoshli F.X. Ukraina urushida Rossiya uchun qatnashib, halok bo‘lgan. Uning jasadi joriy yilning 30 yanvar kuni Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumaniga olib borilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, F.X. 2019 yilning noyabr oyida O‘zbekistondan ishlash maqsadida Rossiyaga ketgan. 2019 yilning dekabr oyida o‘zi bilan ishlab yurgan boshqa fuqarolar bilan janjal sabab qamoqqa tushib qolgan. Oqibatda unga nisbatan 5 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Keltirilishicha, F.X.ning qamoq muddati joriy yilning mart oyida tugashi kerak bo‘lgan. Ammo u qamoqxonada ekanligida Rossiya kuchlari tomonidan Ukrainada jang qilish uchun safarbar qilingan va u yerda halok bo‘lgan. Marhumning jasadi urush o‘chog‘idan Moskvaga olib kelinib, o‘sha yerdan O‘zbekistonga yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19 yanvar kuni Ukrainada jang qilgan ikki samarqandlikning jasadi O‘zbekistonga yuborilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing