Ukrainada yana “trevoga”: Rossiya mamlakat bo‘ylab raketa hujumi uyushtirdi
Olam
−
22 Oktabr 2022
14577Bugun, 22 oktyabr kuni ertalab butun Ukraina bo‘ylab havo hujumidan ogohlantirishi signallari ishga tushdi. Bir qancha hududlarda portlashlar eshitildi.
Nikolayev va Odessa viloyatlari
Nikolayev viloyati harbiy ma’muriyati (VHM) raisi Vitaliy Kimning so‘zlariga ko‘ra, janubdan dushman raketalari uchirilgan.
“Bizning yonimizdan. Ehtimol, [mamlakatning] g‘arbiy va markaziy qismlariga”, deb yozadi u.
Mahalliy matbuot Odessa viloyatidagi portlash ovozlari haqida xabar bergan. Soat 10:30 dan keyin VHM boshlig‘i Maksim Marchenkoning ma’lum qilishicha, dushman mintaqadagi energetika infratuzilmasi ob’ektiga ikkita raketa hujumi uyushtirgan.
“Buning oqibatida Odessa viloyatining bir qancha aholi punktlarida elektr energiyasi yo‘q. Hozir kommunal xizmatlar va favqulodda vaziyatlar davlat xizmati zarbalar oqibatlarini bartaraf etish bilan shug‘ullanmoqda”, deya qo‘shimcha qildi u.
“Suspilne Odesa”ning Odessa tumani davlat ma’muriyatiga tayanib yozishicha, raketa zarbalari natijasida uch kishi yaralangan.
Volin
“Suspilne Lutsk” shaharda bir qator portlashlar sodir bo‘lganini, hujumdan keyin Lutskning ba’zi hududlarida elektr energiyasi uzilganini xabar qildi. Shuningdek, Volinning Kovel shahrida portlash ovozlari eshitilgani xabar qilingan. Shaharda, shuningdek, Lutskda elektr va suv ta’minoti to‘xtatilgan.
Lutsk meri Igor Polishchuk taxminan soat 9:40 da energiya inshootiga havodan hujum uyushtirilganini tasdiqladi.
“Shaharning bir qismida elektr energiyasi yo‘q. Suv to‘plang. Voqea joyida qutqaruvchilar ishlamoqda. Tafsilotlar keyinroq ochiqlanaji”, degan u.
Lutskdagi barcha qozonxonalar elektr o‘chirilishi sababli vaqtincha ishlamay qolgan. Hujum natijasida bir kishi kuygan.
Rivne
“Suspilne Rivne” nashri mintaqada portlashlar sodir bo‘lgani, elektr va suv ta’minotidagi uzilishlar haqida xabar bergan. 9:40 da Rivne viloyat harbiy ma’muriyati raisi Vitaliy Koval zarbalar borligini ma’lum qilgan.
“Ta’kidlayman, video va fotosuratlarni internetga joylashtirmang. Rasmiy ma’lumotni kuting. Va boshpanalarda qoling!”, deb yozgan u.
Kovalning so‘zlariga ko‘ra, elektr quvvati yo‘qligi sababli shaharda radiostansiyalar ishlamayapti.
Kiyev viloyati
Kiyev viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Aleksey Kulebaning ma’lum qilishicha, hududda havo hujumidan mudofaa tizimi ishlamoqda.
“Boshpanada qoling. Havo mudofaasi, dushman ob’ektlari va ularning qulashi haqida foto va video olish taqiqlanganini unutmang. Xavfsiz va xotirjam bo‘ling!”, degan u.
Soat 10:20 atrofida Kiyev meri Vitaliy Klichko poytaxtga uchayotgan bir nechta raketalar havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan urib tushirilganini ma’lum qildi.
Xmelnitskiy viloyati
Xmelnitskiy VHM rahbari Sergey Gamaliy viloyatda portlash ovozlari eshitilganini ma’lum qildi. Xmelnitskiy shahar kengashining xabar berishicha, shahar elektr ta’minotisiz qolgan.
“Biz sizdan imkon qadar ko‘proq suv g‘amlashingizni so‘raymiz, chunki bir soatdan keyin u ham yo‘qoladi”, deyiladi xabarda.
Ertalab soat 10:00 dan keyin VHM rahbari Xmelnitskiy viloyatina raketalar tushganini xabar qildi.
Sumi viloyati
Sumi viloyatida ham shovqin. Sumi VHM raisi Dmitriy Jivitskiyning aytishicha, qutqaruvchilar ishlamoqda – topilgan o‘q-dorilarni rejali yo‘q qilish ishlari olib borilmoqda.
Chernovits viloyati
Chernovits VHM rahbari Ruslan Zaparanyukning ma’lum qilishicha, Dnestr viloyati ustidan havo hujumi paytida Ukraina Qurolli Kuchlari samolyoti raketani urib tushirgan va u ko‘lga qulagan.
“Fuqarolarning ob’ektlari va uylariga hech qanday zarar yetmagan. Havo hujumi davom etmoqda, boshpanada qoling!”, deya qo‘shimcha qildi u.
Lvov viloyati
Ijtimoiy tarmoqlarda Lvov viloyatidagi portlashlar haqida xabar tarqalji. Viloyat harbiy ma’muriyati rahbari Maksim Kozitskiy mintaqada havo mudofaasi ishlayotganini tasdiqladi.
Cherkas viloyati
Cherkas VHM rahbari Igor Taburetsning aytishicha, Umanskiy va Zvenigorodskiy tumanlarining bir qismi elektrsiz qolgan. Bu uzilish qo‘shni Kirovograd viloyatidagi elektr inshootlariga dushman hujumlari natijasida yuzaga kelgan.
Kirovograd viloyati
Taxminan soat 10:40 da bosqinchilar Kirovograd viloyatidagi – Kropivnitskiy va Golovanevskiy tumanlaridagi energetika ob’ektlariga raketa hujumlarini uyushtirgani ma’lum bo‘ldi.
VHM rahbari Andrey Raykovich viloyatdagi tadbirkorlar va aholini elektr energiyasi iste’molini sezilarli darajada kamaytirishga chaqirdi.
“E’tiboringizni elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bo‘lishi mumkinligiga qaratmoqchiman. Barcha keraksiz jihozlarni rozetkadan o‘chiring!”, deya qo‘shimcha qilgan u.
Hujumga reaksiya
Ukrainaning ommaviy o‘qqa tutilishiga Prezident devoni o‘z munosabatini bildirdi.
“Fuqarolik infratuzilmasi va odamlar bilan urushayotgan terrorchilarning navbatdagi raketa hujumlari. Hech qisi yo‘q, dosh beramiz. Ruslarning front ortidagi muammolar va Ukraina hududlarini ozod qilishni to‘xtatish haqidagi orzusi go‘daklikdir. Biz har kuni yanada g‘azablanyapmiz. Bu esa biz yanada kuchliroq javob beramiz, degan ma’noni anglatadi”, deb yozadi Prezident devoni rahbari Andrey Yermak.
LiveBarchasi