“Ukrainada urush uzoq davom etadi”. Stoltenberg G‘arbni xushyorlikka chaqirdi

Olam

image

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg G‘arb Ukrainada uzoq muddatli mojaroga tayyorlanishi kerakligi, chunki uni hal qilish istiqbollari hali ko‘rinmayotganini ma’lum qildi. Bu haqda u kecha, 22 mart kuni Britaniyaning “The Guardian” gazetasiga bergan intervyusida aytdi. 

Qayd etilishicha, Stoltenberg Ukrainadagi mojaroni vayronkor urush deb atagan va Rossiya rahbariyati tinchlikni rejalashtirmayotganini aytgan. Bosh kotibning aytishicha, G‘arb davlatlari Ukrainaga yangi o‘q-dorilar va qurollar yetkazib berish uchun ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishi kerak. Chunki hozirgi o‘q-dorilarni sarflash darajasi ishlab chiqarish tezligidan ancha yuqori.  

Jang maydonidagi voqealar kontekstida Stoltenberg NATO tomonidan yetkazilayotgan yordam Ukrainaning qarshi hujumini amalga oshirishga qaratilganini aytgan. Shu bilan birga, u yana bir bor harbiy qarorlarni alyans emas, Ukraina qo‘mondonligi qabul qilishini eslatgan. Ukrainaga Amerika F-16 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish ehtimoli haqida gapirar ekan, Bosh kotib hech qanday qaror qabul qilinmaganini ma’lum qilgan.

Bundan tashqari, Stoltenberg G‘arb davlatlari o‘z mudofaasi uchun ko‘proq mablag‘ ajratishi kerakligini ta’kidlagan. 

“Iyul oyida Vilnyusda bo‘lib o‘tadigan sammitda ittifoqchilar mudofaa sohasiga yanada ulug‘vor investitsiyalar – YAIMning kamida 2 foizini olishga rozi bo‘lishlarini kutaman”, degan NATO Bosh kotibi.

Shuningdek, u Xitoyning Ukrainadagi mojaroni hal qilishga yordam berish istagi Ukraina pozitsiyasini tushunish va Prezident Vladimir Zelenskiy bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilishga urinishi bilan birga bo‘lishi kerakligini aytgan. Shu bilan birga, Stoltenberg Pekin Moskvaning Ukrainadagi harakatlarini qoralamaganidan afsusda ekanini bildirgan.

Bundan tashqari, Stoltenberg joriy yilning sentyabr oyida vakolat muddati tugashini ham e’lon qilgan. U 2014 yildan beri NATO Bosh kotibi lavozimini egallab kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Chexiya Prezidenti Pyotr Pavel Praga Ukrainaga maksimal darajada yordam bergani va bu borada o‘z imkoniyatlari chegarasiga yetganini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Rossiya Ukraina Stoltenberg Ukrainada urush

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing