Ukrainada urush oqibatida nechta bola halok bo‘lgani ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga hujumi oqibatida hozirga qadar 500 nafar bola halok bo‘lgan. Bu haqda Ukraina Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ukrainada Rossiya Federatsiyasining keng miqyosli qurolli tajovuzi oqibatida joriy yilning 13 avgust holatiga ko‘ra, 1597 nafardan ortiq bola jabrlangan. Shundan 500 nafar bola halok bo‘lgan, qolgan 1097 nafardan ortiq bola esa turli darajadagi jarohatlar olgan.

“Bu raqamlar yakuniy emas. Ularni harbiy harakat joylarida, vaqtincha bosib olingan va ozod qilingan hududlarda aniqlash ishlari davom etmoqda”, deyiladi xabarda.

Eng ko‘p jabrlangan bolalar Donetsk viloyatida (485 nafar) bo‘lsa, eng kami Cherniy viloyatida (67 nafar) qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina urush

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing