Ukrainada urush boshidan buyon qancha tinch aholi halok bo‘lgani ma’lum qilindi
Olam
−
03 avgust 2023
7123Ukrainada urush boshlanganidan buyon 10,7 ming tinch aholi halok bo‘lgan va 15,5 ming fuqaro jarohatlangan. Bu haqda Ukraina Bosh prokuraturasining urush davrida sodir etilgan jinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi boshlig‘i Yuriy Belousov ma’lum qildi.
“Bizda 10 ming 749 nafar tinch aholi halok bo‘lgani va 15 ming 599 kishi yaralangani tasdiqlandi. Bu raqam 499 nafar halok bo‘lgan va 1090 nafar yaralangan bolalarni o‘z ichiga oladi”, deydi u.
Belousov bu miqdorni “aysbergning uchi” deb atagan va Ukraina Rossiya tomonidan bosib olingan hududlar ustidan nazoratni qayta tiklaganida ular bir necha barobar oshishi mumkinligini qo‘shimcha qilgan.
BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining joriy yil iyul oyidagi so‘nggi hisobotida esa butun urush davomida Ukrainada 9369 kishi halok bo‘lgani qayd etilgan.
Shu bilan birga, BMT ekspertlari Rossiyaning bombardimonlari natijasida minglab tinch aholi halok bo‘lgan Mariupol, Lisichansk, Janubiy Donetsk yoki Popasnaya kabi joylardagi janglar haqida aniq ma’lumotga ega emasligi sababli tinch aholi orasidagi qurbonlari soni ancha yuqori ekanligini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq UNICEF Ukrainadagi urushda har kuni 20 nafar bola halok bo‘layotganini ma’lum qilgandi. Shuningdek, mamlakatda urush oqibatida 50 mingga yaqin odam bir yoki bir nechta tana a’zosidan ayrilgani ochiqlandi.
LiveBarchasi