Ukrainada Turkiya kompaniyasi “urush homiylari” ro‘yxatiga kiritildi

Olam

image

Ukraina Korrupsiyani oldini olish milliy agentligi Turkiyaning yassi shisha ishlab chiqaruvchi Sisecam Group kompaniyasini Rossiya Federatsiyasi bilan biznesni davom ettirayotgani uchun "urushning xalqaro homiylari" ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda agentlik saytida ma’lum qilindi.

Agentlik ro‘yxatida Avstriyaning Raiffeisen Bank bank guruhi, Procter & Gamble, Openway Group, TMS Tankers, Minerva Marine, Thenamaris Ships Management, Delta Tankers, Dynacom Tankers Management, Leroy Merlin, Comnav Technology, eKassir, Liberian, International Ship & Corporate Registry, Auchan kabi ko‘plab kompaniyalar Vengriyaning OTP Banki shuningdek, eng yirik Aliexpress onlayn-tijorat platformasiga egalik qiluvchi Xitoyning Alibaba Group Holding Limited kompaniyalar guruhi va boshqalar mavjud.

Joriy yilning fevral oyida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy hukumatga Rossiya va Ukraina bozorlarida faoliyat yurituvchi xorijiy kompaniyalar tovarlarini markalash variantlarini ishlab chiqishni topshirgan. Ta’kidlanishicha, aksariyat xorijiy kompaniyalar Rossiyada o‘z mavjudligini saqlab qolgan holda Ukrainadagi o‘z segmentlarida yetakchilik qilmoqda. U bunday kompaniyalarga Ukrainaga olib kirilayotgan tovarlarni maxsus belgi qo‘yish majburiyatini yuklashni taklif qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Ukraina urush homiylari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing