Ukrainada rossiyaparast siyosatchilarning qarindoshlari iziga tushishdi

Olam

image

Ukraina sudi ukrainalik siyosatchilar Viktor Medvedchuk va Taras Kozakning qarindoshlariga tegishli korxonalarning korporativ huquqlari va hisoblarini hibsga oldi. Bu haqda Ukraina Davlat tergov byurosi xabar bergan. 

“Davlat tergov byurosi tashabbusi bilan sud Ukraina xalq deputatlari Viktor Medvedchuk va Taras Kozakning qarindoshlariga tegishli bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning korporativ huquqlari va hisoblarini hibsga oldi. Hibsga olingan hisoblar 40 million grivnadan (1 million 372 ming dollar) ko‘p”, deyiladi bayonotda.

Ta’kidlanishicha, kecha, 4 may kuni Davlat tergov byurosi xodimlari Kiyev va Lvov viloyatlarida joylashgan oltita ob’ektda navbatdagi tintuvni o‘tkazgan. 

Medvedchuk va Kozakning qarindoshlariga noqonuniy qum qazib olish bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Tintuv chog‘ida qimmatbaho rasmlar, antiqa buyumlar va boshqa qimmatbaho buyumlar olib qo‘yilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Ukraina Xavfsizlik xizmati joriy yil aprelda Medvedchuk Prezident Vladimir Zelenskiy topshirig‘iga ko‘ra hibsga olinganini e’lon qildi. Keyinroq Zelenskiy Rossiyaga Medvedchukni asirga olingan Ukraina fuqarolariga almashtirishni taklif qildi. Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Matbuot kotibi Dmitriy Peskovga ko‘ra, Kreml Medvedchuk taqdirini kuzatib boradi va yevropalik siyosatchilarni ham shunga undaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Medvedchuk

Baholaganlar

108

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing