Ukrainada Rossiya fuqaroligini olganlik uchun 15 yilgacha qamoq jazosi belgilanyapti

Olam

image
0:00
0:00
download

Ukraina hukumati Rossiya fuqaroligini olganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilash to‘g‘risidagi qonun loyihasini e’lon qildi. Bu haqda Ukraina Bosh vaziri o‘rinbosari Irina Vereshchuk ma’lum qildi.

Qonun loyihasi Rossiya pasportini olgan Ukraina davlat xizmatchilari uchun 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutadi. Ukraina fuqarolarini Rossiya pasportini olishga majburlash uchun 8 yildan 12 yilgacha muddat beriladi. Shuningdek, Rossiya fuqaroligini targ‘ib qilganlik uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlik mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi mumkin.

“Ushbu yangiliklar dushman pasportiga ega bo‘lgan davlat xizmatchilariga hamda Rossiya pasportini berishga bevosita yoki bilvosita hissa qo‘shayotganlarga qarshi qaratilgan. Bu qonun loyihasi boshqa shaxslarga taalluqli emas”, deydi Vereshchuk.

Qonun loyihasiga ko‘ra, agar Rossiya pasportini olish Rossiya va uchinchi davlatlar orqali Ukrainaga qaytish uchun zarur bo‘lsa oqlanadi.

Ma’lumot o‘rnida, may oyi oxirida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Rossiya armiyasi tomonidan bosib olingan Ukrainaning Xerson va Zaporoje viloyatlari aholisini Rossiya fuqaroligiga soddalashtirilgan tarzda qabul qilish to‘g‘risidagi farmonni imzolagan edi.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

33

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing