Ukrainada prezidentlik saylovi. Birinchi turda teleboshlovchi yetakchilik qildi

Olam

unnamed

Kecha, 31 mart kuni Ukrainada prezidentlik saylovlarining birinchi turi bo‘lib o‘tdi. Bu Maydon voqealaridan keyingi ikkinchi prezidentlik saylovi va ikkinchi turga kimlar o‘ta olishini oldindan aytib berish u qadar oson emasdi.

Nomzodlar orasida uchta favorit bor: amaldagi prezident Pyotr Poroshenko, uning o‘tgan saylovdagi raqibasi Yuliya Timoshenko va shoumen Vladimir Zelenskiy.

Bugun, 1 aprel kuni Ukraina Markaziy saylov komissiyasi 60 foiz byulletenni saralab chiqib, rasman hech bir nomzod prezidentlik uchun yetarli ovoz to‘play olmaganini e’lon qildi. Mamlakatda prezidentlik saylovining ikkinchi turi o‘tkaziladi.

Ayni vaqtda Ukraina MSK 62,74 foiz ovozni saraladi va natijalar quyidagicha: teleboshlovchi Vladimir Zelenskiy 30,40 foiz ovoz to‘plab, boshqa nomzodlarga qaraganda sezilarli oldinda boryapti. Ikkinchi o‘rinni Pyotr Poroshenko egallagan. Unda 16,34 foiz ovoz to‘plagan. Undan keyin biroz farq bilan “Batkivina” partiyasi yetakchisi Yuliya Timoshenko boryapti. Unga 13,09 foiz saylovchi ovoz bergan.

Amaldagi natijalarga ko‘ra, prezidentlik saylovining ikkinchi turida Vladimir Zelenskiy va Pyotr Poroshenko kurash olib boradi.

Ma’lumot uchun, Ukraina prezidentligi uchun ikkinchi tur joriy yilning 21 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Pyotr Poroshenko saylov Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

81

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing