Ukrainada xalqaro gumanitar tashkilotning ko‘ngillilari halok bo‘ldi

Olam

image

Ukrainaning Donetsk viloyatida, front chizig‘iga yaqin joylashgan Chasov Yar shahri yaqinida Road to Relief gumanitar tashkilotining ikki nafar ko‘ngillisi halok bo‘ldi. Bu haqda tashkilot o‘zining Instagram'dagi sahifasida ma’lum qildi.

Voqea kecha, 10 sentyabr kuni ertalab bir guruh volontyorlar Slavyanskdan Baxmut yo‘nalishida jo‘nab ketayotganida sodir bo‘lgan. Ularning mashinasi rossiyalik askarlar tomonidan o‘qqa tutilgan va ag‘darilib, yonib ketgan. Kanadalik ko‘ngilli Entoni Ignat va ispaniyalik ko‘ngilli Emma Igual halok bo‘lgan. Igualning o‘limini Ispaniya Tashqi ishlar vaziri Xose Manuel Albares ham tasdiqlagan.

Mashinada jami to‘rt kishi bo‘lgan. Germaniyalik Ruben Mavik va shvetsiyalik Yoxan Matias Tir og‘ir jarohat olib, kasalxonaga yotqizilgan.

Ma’lumot uchun, Road to Relief 2022 yil mart oyida tashkil etilgan xalqaro ko‘ngillilar tashkiloti sanaladi. Tashkilot ko‘ngillilari frontdagi aholi punktlariga gumanitar yordam yetkazadi va odamlarni jangovar hududdan evakuatsiya qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Donetsk

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing