Ukrainada karantin cheklovlari yil oxirigacha amal qiladi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Ukrainada koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq karantin cheklovlari joriy yil oxirigacha amal qiladi. Bu haqda Ukraina Sog‘liqni saqlash vaziri Maksim Stepanov ma’lum qilgan.  

"Yil oxirigacha karantin cheklovlarida yashaymiz", degan Stepanov "Ukraina 24" telekanali efirida. 

Bundan tashqari, vazirning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainada kasallanishning ko‘payishi yana ikki-uch hafta davom etadi. 

"Hozir juda qiyin davr. Hisob-kitoblarimizga ko‘ra, ikki-uch hafta davomida bizda kuniga 25 mingta kasal aniqlanishi mumkin", degan Stepanov. 

Ukrainada 25 mart kunining o‘zida 18 132 ta koronavirus kasalligi qayd etilgan. Ulardan 923 nafari bolalar va 435 nafari tibbiyot xodimlari bo‘lgan. 

26 mart kuni esa mamlakatda 18 226 ta kasallik holati aniqlangan. 

Ukrainada umumiy hisobda 1,67 mln kishi koronavirus yuqtirgan. 33 068 nafar bemor vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina koronavirus

Baholaganlar

19

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing