Ukrainada “iflos bomba” topilmadi

Olam

image

Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) Ukrainaning uchta ob’ektida o‘tkazilgan tekshiruvdan so‘ng e’lon qilinmagan yadroviy faollik belgilarini qayd etmadi. Bu haqda tashkilot bugun, 3 noyabr kuni Twitter’da ma’lum qildi.

“XAEA inspektorlari Ukraina hukumati talabiga binoan Ukrainadagi uchta ob’ektni tekshirish bo‘yicha ishlarni yakunladilar va e’lon qilinmagan yadroviy faoliyat belgilari va [tegishli] materiallarni topmadilar”, deyiladi matnda.

Oktyabr oyi oxirida Rossiya radiatsiya, kimyoviy va biologik mudofaa qo‘shinlari boshlig‘i Igor Kirillov brifingda Rossiya Mudofaa vazirligi o‘z kuchlari va vositalarini “radiaktiv ifloslanish sharoitida” harakatga shay holatga keltirganini, negaki Kiyev “iflos bomba”dan foydalanishga tayyorligi haqida ma’lumotga ega ekanini aytdi. Ammo isbot keltirmadi. Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ham “iflos bomba” tahdidi haqida gapirdi va bu masala Rossiya tomonidan BMT Xavfsizlik kengashi darajasida ko‘tarildi. Rossiya tomoni Ukrainadagi bunday ishlar amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan ob’ektlarni ham aytib o‘tdi.

Rossiya tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlar bilan bog‘liq holda, Kiyev regulyatordan ushbu ob’ektlarga inspektorlarni jo‘natishi uchun XAEAga so‘rov yubordi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

133

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing