Ukrainada F-16 Patriot tomonidan urib tushirilgan bo‘lishi mumkin – NYT 

Olam

image

Kiyevga topshirilgan F-16 qiruvchi samolyoti Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan Patriot havo hujumidan mudofaa raketa tizimi orqali urib tushirilgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda g‘arb rasmiysiga tayanib, “The New York Times” gazetasi xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qiruvchi samolyot Patriot akkumulyatori tomonidan otib tashlangan bo‘lishi mumkinligi haqida ma’lumotlar bor. Shu bilan birga, mexanik nosozliklar va uchuvchi xatosi ehtimolini inkor etib bo‘lmaydi, deya aniqlik kiritadi nashr.

Avvalroq Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi o‘zining F-16 samolyoti yo‘qolganini tasdiqlagan, biroq voqea tafsilotlari, jumladan, qiruvchi samolyot yo‘q qilingan joy haqida ma’lumot bermagan edi.

Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy havo kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot halokatga uchragan. Oliy Rada deputati Maryana Bezuglaya xatolik oqibatida u Patriot havo mudofaa tizimi raketasi bilan urib tushirilganini aytdi va Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonligini samolyot yo‘q qilingan holatlarni yashirganlikda aybladi. Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni Nikolay Oleshuk parlamentariyga bu xabari uchun tahdid qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni Mikola Oleshukni lavozimidan ozod qilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina F-16 Patriot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made