Ukrainada dam olish kunlari karantin joriy etiladi

Olam

image

Ukrainada 14-15 noyabrdan boshlab, dam olish kunlarida karantin joriy qilinadi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vaziri Maksim Stepanov ma’lum qilgan.

"Biz Ukrainada Yevropada kuzatilayotgani kabi to‘liq lokdaun joriy qilolmaymiz. Shuning uchun, hafta oxirida karantin amalda bo‘lishini taklif qilamiz. Bunday choralar bir hafta ichida kiritilishini istisno qilmayman", degan vazir. 

Unga ko‘ra, Ukrainaning uch hududida koronavirus bilan kasallanganlar uchun vaqtinchalik shifoxonalar tayyorlanmoqda.

"Hozir bizning shifoxonalarimizda koronavirus bilan kasallanganlar uchun 52 mingta joy mavjud. Biz ularni yana 20 mingtagacha ko‘paytiramiz", degan Stepanov. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ham iyul oyida shunday usul qo‘llanilgandi, Mamlakatda shanba-yakshanba kunlari kuchaytirilgan karantin joriy etilgandi. 

Ma’lumot uchun, Ukrainada koronavirusga chalinganlar 430 mingdan oshgan. 7 ming 924 bemor virus qurboni bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

karantin ukraina

Baholaganlar

16

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing