Ukrainada Britaniyaning eng yirik qurol-yarog‘ kompaniyasi ish boshladi
Olam
−
31 avgust 2023
6088Ukrainada Britaniyaning eng yirik qurol-yarog‘ kompaniyasi – BAE Systems ish boshladi. Bu haqda mamlakat Prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi.
“Bosh direktor Charlz Vudbern bilan uchrashdim. Bu juda samarali uchrashuv bo‘ldi. Biz kompaniyaning Ukrainadagi vakolatxonasini ochish hamda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish haqida so‘zlashdik. Mamlakatimiz, butun Yevropa va erkin dunyo xavfsizligi uchun birgalikda harakat qiladi”, deya izoh qoldirgan Zelenskiy BAE Systems kompaniyasi vakillarini qabul qilgani tasvirlangan videolavha ostida.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat uchun o‘z qurollarini ishlab chiqarishni rivojlantirish ustuvor vazifa hisoblanadi.
Ukraina rahbarining ta’kidlashicha, BAE Systems tomonidan ishlab chiqarilgan qurollar, xususan L119 va M777 artilleriya tizimlari, shuningdek, CV90 piyoda jangovar mashinasi Ukrainada faol ishlay boshlaydi.
Bundan tashqari, Ukraina rahbari mamlakatda ishlab chiqarilgan uzoq masofaga zarba berishga mo‘ljallangan qurollardan muvaffaqiyatli foydalanilganini ma’lum qilgan.
“Biz uzoq masofaga uchuvchi qurollardan muvaffaqiyatli foydalanyapmiz - 700 kilometr uzoqlikdagi nishon “urildi”, deydi Zelenskiy.
Biroq davlat rahbari qaysi turdagi qurol haqida gapirayotgani va qaysi nishonga zarba berilganiga aniqlik kiritmagan.
LiveBarchasi