Ukrainada bir qator vazirlar iste’foga chiqqanini e’lon qildi

Olam

−

image

Ukrainaning bir qancha vazirlari Oliy Radaga (parlamentga) o‘z iste’folarini taqdim etdi. Bu haqda Oliy Rada spikeri Ruslan Stefanchuk ma’lum qildi.

Ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi arizalar quyidagilar tomonidan taqdim etilgan:

  • Atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri Ruslan Strelets;
  • Strategik sanoat vaziri Aleksandr Kamishin;
  • Adliya vaziri Denis Malyuska;
  • Davlat mulki jamg‘armasi rahbari Vitaliy Koval.

“Barcha arizalar keyingi yalpi majlislardan birida ko‘rib chiqiladi”, deydi Stefanchuk.

Aleksandr Kamishin o‘zining Telegram-kanalida mudofaa sanoati sohasida ishlashda davom etishi, ammo boshqa lavozimda ishlashi haqida ma’lum qildi.

Denis Malyuska 2019 yil 29 avgust kuni Adliya vaziri lavozimini egallagan edi. U Prezidentning “Xalq xizmatchisi” partiyasi a’zosi. Ukraina ommaviy axborot vositalari, jumladan “Zerkalo Nedeli” u iyul oyi o‘rtalarida iste’foga chiqish to‘g‘risida ariza yozganini xabar qilgandi.

Aleksandr Kamishin 2023 yil mart oyida Ukrainaning Strategik sanoat vaziri bo‘ldi. Bungacha u “Ukrzaliznitsa” (Ukraina temir yo‘llari) boshqaruvi raisi bo‘lgan.

Ruslan Strelets 2022 yil aprelidan Ukraina Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslar vaziri, 2021 yil noyabridan esa vaqtinchalik ushbu vazirlik rahbari vazifasini bajarib kelayotgan edi. Bungacha u Dnepropetrovsk viloyati ma’muriyatida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, 30 avgust kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina Havo kuchlari qo‘mondoni Mikola Oleshukni ishdan bo‘shatgan edi. Uning o‘rnini general-leytenant Anatoliy Krivonojko qo‘mondon vazifasini bajaruvchi sifatida egalladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing