Ukrainada 30 000 dan ortiq “Vagner” guruhi a’zolari qurbon bo‘ldi – Oq uy

Olam

image

Kecha, 17 fevral kuni Oq uy Milliy xavfsizlik kengashi matbuot kotibi Jon Kirbi jurnalistlar bilan brifing o‘tkazib, Rossiyaning “Vagner” yollanma guruhi Ukrainada urush boshlangandan beri 30 000 dan ortiq odamini yo‘qotgani va ulardan 9 000 ga yaqini janglarda halok bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qo‘shma Shtatlar dekabr oyidan beri Ukrainada halok bo‘lgan “Vagner” guruhi askarlarining 90 foizini mahkumlar tashkil qiladi deb, hisoblamoqda. 

Milliy xavfsizlik kengashi vakilining aytishicha, umumiy o‘limlarning yarmi dekabr oyi o‘rtalaridan beri Ukraina sharqidagi Baxmut shahrida janglar kuchayganligi sababli sodir bo‘lgan. Unga ko‘ra, yollanma guruh Baxmut va uning atrofida so‘nggi bir necha kun ichida qo‘shimcha yutuqlarga erishgan, ammo bunga erishish uchun bir necha oy vaqt va halokatli xarajat ketgan.

“Ehtimol ular Baxmutda muvaffaqiyat qozonishlari mumkin, ammo bu haqiqiy strategik ahamiyatga ega emas”, deydi Kirbi Ukraina kuchlari Donbass mintaqasi bo‘ylab mustahkam mudofaa chizig‘ini saqlab qolganini qo‘shimcha qilib.

Kirbining aytishicha, “Vagner” asoschisi Yevgeniy Prigojinning Ukrainada jang qilish uchun mahbuslarni yollashni to‘xtatgani haqidagi so‘nggi izohlariga qaramay, “Vagner” hech qanday tayyorgarlik va jihozlarsiz urushga yuborilgan mahkumlarga ko‘p ishonishda davom etgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq “Vagner” guruhi tomonidan yollangan ikki o‘zbekistonlik halok bo‘lgan va jasadi O‘zbekistonga yuborilgan edi.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing