Ukrainada 18 deputat sirtdan 15 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Olam

image

Ukraina sudi Rossiya Prezidentini tan olinmagan Donetsk va Lugansk viloyatlari mustaqilligini tan olishga chaqirgani uchun Davlat Dumasining 18 nafar deputatini sirtdan 15 yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda Ukraina xavfsizlik xizmati matbuot bo‘limi xabar berdi.

Mahkumlar ro‘yxatiga Kommunistik partiya fraksiyasining to‘qqiz nafar deputati (Mixail Avdeyev, Olga Alimova, Nikolay Arefev, Mixail Berulava, Anatoliy Bifov, Nikolay Vasilev, Anjelika Glazkova, Sergey Kazankov, Renat Suleymanov), “Yangi xalq” fraksiyasining to‘rt nafar a’zosi (Georgiy Arapov, Kseniya Goryacheva, Vladislav Davankov, Aleksandr Dyomin), Liberal-demokratik partiyadan 3 nafar deputat (Nikolay Burlyayev, Anatoliy Vasserman, Aleksey Didenko, Sergey Karginov) va "Adolatli Rossiya – Haqiqat uchun!" fraksiyasining ikki a’zosi kiritilgan.

Ular mamlakat hududiy yaxlitligiga tajovuz qilishda ayblangan.

Gap shundaki, 2022 yilning 15 fevralida deputatlar ushbu hududlarni mustaqilligini tan olishni so‘rab rezolyutsiyani qabul qilish uchun ovoz bergan. Keyinchalik ular Prezident Vladimir Putin tomonidan imzolangan mustaqillikni tan olish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilgan.

Bu kelishuvlar Moskva tomonidan Ukrainaga harbiy bosqin uchun asos sifatida ishlatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina deputat Donetsk Lugansk

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing