Ukrainada havo mudofaasi tizimlari uchun o‘q-dorilar tugayapti
Olam
−
04 yanvar
6717Ukraina Birlashgan Qurolli Kuchlari qo‘mondoni general-leytenant Sergey Nayev Ukrainani Rossiya raketa hujumlaridan himoya qilish uchun o‘q-dorilar yetishmovchiligidan ogohlantirdi. Bu haqda u kecha, 3 yanvar kuni Kiyev yaqinidagi harbiy qismlarga tashrifi chog‘ida ma’lum qildi.
“Hozirda Ukraina havo hujumidan mudofaa mobil tizimlari uchun o‘q-dorilar keyingi og‘ir hujumlarga qarshi turish uchun yetarli, biroq o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda Ukraina tabiiy ravishda G‘arb davlatlarining raketa ta’minotiga muhtoj”, deydi Nayev.
Uning fikricha, Kiyev, Xarkov va Ukrainaning boshqa shaharlarini o‘qqa tutib, Rossiya armiyasi havo hujumidan mudofaa tizimini yo‘q qilmoqchi. Mamlakat qurolli kuchlari nuqtai nazaridan, dekabr oyi oxiri va yanvar oyi boshlarida Rossiyaning Ukrainaga uyushtirgan ommaviy hujumlari G‘arbning havo hujumidan mudofaa tizimlari, jangovar uchuvchisiz samolyotlar va o‘rta masofaga mo‘ljallangan raketalarni yetkazib berishni zudlik bilan ko‘paytirishi zarurligini ko‘rsatgan.
Qayd etish joizki, bugun, 4 yanvarga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Donetsk viloyatining Kuraxovo shahriga raketa hujumi uyushtirgan. Oqibatda bolalar bog‘chasi, maktab, sog‘lomlashtirish markazi va kafe vayron bo‘lgan, ko‘p qavatli binolar zarar ko‘rgan.
Bundan tashqari, Rossiya Xarkovning Shevchenkovskiy tumaniga ikkita raketa hujumi uyushtirgan. Portlash to‘lqini turar-joy binosining oynalarini shikastlagan. Ukraina rasmiylariga ko‘ra, raketalar Belgorod hududidan uchirilgan.
Xmelnitskiy viloyatida esa ikkita Shahed hujumchi dronlari urib tushirilgan.
LiveBarchasi