Ukrainada harbiylar uchun qimor o‘yinlari taqiqlandi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining “Internetda qimor o‘yinlarining salbiy oqibatlariga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qarorini kuchga kiritgan farmonni imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Hujjat harbiylar uchun qimor o‘ynashni ham taqiqlaydi. Unga ko‘ra, qo‘mondonlik zudlik bilan harbiy xizmatchilarning qimor o‘yinlari muassasalariga kirishini va onlayn qimor o‘yinlarida qatnashishini harbiy holat huquqiy rejimining amal qilish muddati davomida taqiqlashni joriy qilishi kerak.

Onlayn kazinolar uchun reklama ham cheklanmoqda va sohani nazorat qilishning boshqa vositalari joriy etilmoqda. Shuningdek, Zelenskiy Ukraina Xavfsizlik xizmatiga ikki oy ichida qimor o‘yinlari tashkilotchilarining Ukraina sanksiya qonunchiligiga muvofiqligini tekshirishni buyurdi.

Ma’lumot uchun, 2024 yil mart oyida ukrainalik faol serjant Pavel Petrichenko harbiylarning qimor o‘yinlariga bo‘lgan katta qaramligiga e’tibor qaratgan. U urush paytida qimor o‘ynashni taqiqlashni va harbiylar uchun onlayn kazinolarga kirishni to‘sib qo‘yishni talab qilgan petitsiyani boshlagan.

15 aprel kuni Petrichenko Donetsk viloyatida vafot etdi. Serjant vafotidan bir kun o‘tib Vladimir Zelenskiy kechki nutqida Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi onlayn kazinolarni tartibga solish masalasi bilan shug‘ullanishini aytdi, u Petrichenko tomonidan tuzilgan petitsiyani tilga oldi va harbiyning o‘limi munosabati bilan hamdardlik bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina harbiylar qimor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing