Ukrainada harbiy safarbarlikni kuchaytirish bo‘yicha qonun qabul qilindi

Olam

image

Ukraina parlamenti mamlakatda harbiy safarbarlik shartlarini kuchaytiruvchi qonunni qabul qildi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi.

Oliy Radada safarbarlik, harbiy ro‘yxatga olish va harbiy xizmat bilan bog‘liq ayrim masalalarni takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasiga ovozga qo‘yildi. Qonun loyihasini 351 deputatdan 283 nafari yoqlab ovoz berdi.

Yanvar oyida parlamentga kiritilgan va keyin ko‘plab tuzatishlar kiritilgan qonun loyihasi avvalroq safarbarlik shartlarini kuchaytirish borasida bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan edi.

Yangi qonunga ko‘ra, 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar safarbarlik vaqtida ro‘yxatdan o‘tganlik guvohnomasini doim o‘zlari bilan olib yurishlari va uni harbiy komissiya vakili yoki militsiya xodimining iltimosiga binoan ko‘rsatishlari shart.
Shuningdek, erkaklar chegara posbonining talabiga binoan chegara postida yoki chegara zonasida harbiy ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi guvohnomasini taqdim etishlari talab qilinadi. Bundan tashqari, xorijda bo‘lgan va ro‘yxatdan o‘tish guvohnomasiga ega bo‘lmaganlar yangi pasport ololmaydi.

Qonun e’lon qilingandan so‘ng, harbiy xizmatga majbur bo‘lgan barcha shaxslar 60 kun ichida yashash manzili, aloqa ma’lumotlari va harbiy yo‘qotishlar haqidagi ma’lumotlarni yangilashlari shart.

18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatga majbur shaxslar harbiy ro‘yxatga olish ma’lumotlari yangilangan taqdirdagina Ukrainaning xorijiy diplomatik muassasalarida konsullik xizmatlarini olishi mumkin bo‘ladi.

Litva poytaxti Vilnyusdagi matbuot anjumanida so‘zga chiqqan Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Oliy Rada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunni qabul qilganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, harbiy ma’muriyatga yordam berish maqsadida yangi safarbarlik to‘g‘risidagi qonunga ba’zi yaxshilanishlar kiritilgan. 

“Bugun ertalab qabul qilingan qonun qo‘shinlarimiz va harbiy ma’muriyat talabiga binoan safarbarlikka oid ba’zi o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi. Ha, shunga ko‘ra, harbiy safarbarlikdan bo‘yin tovlayotganlar ustidan nazorat kuchaytirilmoqda”, deydi Zelenskiy.

Ma’lumot uchun, 2 aprel kuni Ukraina Prezidenti safarbarlik yoshini 27 yoshdan 25 yoshgacha qisqartiruvchi qonunni tasdiqlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina harbiy safarbarlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing