Ukrainada harbiy safarbarlik 90 kunga uzaytirildi
Olam
−
07 avgust
2254Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy harbiy holat va safarbarlik muddatini 90 kunga uzaytirish to‘g‘risidagi qonunlarni imzoladi. Bu haqda bugun, 7 avgust kuni UNIAN axborot agentligi xabar berdi.
23 iyul kuni Ukraina Oliy Radasi Ukrainadagi harbiy holatni 2024 yil 9 noyabrgacha uzaytirish uchun ovoz berdi. Bu Ukraina parlamentida harbiy holat va safarbarlikni uzaytirish uchun 12-ovoz berish edi.
Mamlakatda harbiy holat davrida, xususan, komendantlik soati joriy etilganda fuqarolar maxsus ruxsatnomasiz ko‘chada bo‘la olmaydi.
Harbiy yoshdagi fuqarolar uchun chet elga chiqish imkoniyati cheklanadi. Harbiy holat davrida siyosiy aksiyalar va mitinglar ham taqiqlanadi.
Zumrad Zaripova
LiveBarchasi