Ukrainada harbiy holat yana 90 kunga uzaytirildi

Olam

image

Ukraina Oliy Radasi mamlakatdagi harbiy holat va umumiy safarbarlik muddatini yana 90 kunga uzaytirdi. Bu haqda RBK-Ukraina parlament qaroriga tayanib, xabar berdi.

Qayd etilishicha, Rada harbiy holatni uch oyga, 23 avgustga qadar uzaytirish uchun ovoz bergan. Bundan tashqari, mamlakat umumiy safarbarlikni kengaytirgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18 may kuni Ukrainada 24 fevralda joriy etilgan harbiy holatni mamlakat rahbari Vladimir Zelenskiy  90 kunga, 23 avgustga qadar uzaytirishni taklif qildi. Shuningdek, Radaga tegishli qonun loyihasini taqdim etdi. 

Aytish joizki, bundan avval ham Ukrainada joriy etilgan harbiy holat ikki marta 30 kunlik muddatga uzaytirilgan edi.

Zelenskiy 25 fevral kuni umumiy safarbarlik to‘g‘risidagi farmonni imzolagan. Hujjatga muvofiq, safarbarlik 90 kun ichida amalga oshirilishi belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

146

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing