Ukrainada harbiy holat va safarbarlik muddati yana uzaytirildi
Olam
−
21 Oktabr 2025 2362 1 daqiqa
Bugun, 21 oktyabr kuni Ukraina Oliy Radasi mamlakatda harbiy holatni 17-marta uzaytirdi. Bu haqda “Strana” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, deputatlar harbiy holat va safarbarlikni yana 90 kunga cho‘zish uchun ovoz bergan. Shu tariqa, Ukrainada harbiy holat va umumiy safarbarlik 2026 yil 3 fevralgacha amal qiladi.
Harbiy holatni uzaytirish uchun 317 deputat ovoz bergan, bitta deputat qarshi, yana biri betaraf bo‘lgan. Safarbarlikni uzaytirish qarorini esa 315 deputat qo‘llab-quvvatlagan, ikki kishi betaraf, biri qarshi ovoz bergan.
Harbiy holat va safarbarlikni uzaytirish bo‘yicha qonun loyihalarini mamlakat Prezidenti Vladimir Zelenskiy kecha, 20 oktyabr kuni parlamentga taqdim etgan.
Eslatib o‘tamiz, Oliy Rada bu rejimni odatda har 90 kunda bir marta uzaytiradi. Oxirgi marta Ukraina parlamenti joriy yilning avgust oyi boshida harbiy holat 5 noyabrgacha uzaytirilishini tasdiqlagandi.
Live
BarchasiSuriyada KIP qo‘mondoni o‘ldirib ketildi
21 yanvar