Ukrainada harbiy holat va safarbarlik muddati uzaytirildi
Olam
−
17 avgust 2023
5196Ukrainada harbiy holat va umumiy safarbarlik muddati uzaytirildi. Tegishli qonunlar mamlakat Prezidenti Vladimir Zelenskiy tomonidan imzolandi.
Qonun bilan mamlakatda harbiy holat va safarbarlik yana 90 kunga uzaytirildi. Bu kamida 2023 yil 15 noyabrgacha amal qiladi.
Aytish joizki, mazkur qonun Rossiya-Ukraina mojarosi boshlanganidan beri harbiy holat va safarbarlik muddatining sakkizinchi uzaytirilishidir.
Ma’lumot uchun, Ukrainada harbiy holat 2022 yilning fevralida joriy qilingan. Bu davlat hokimiyati organlari, harbiy qo‘mondonlik, harbiy boshqaruv va mahalliy davlat hokimiyati organlariga vaziyatni tezroq barqarorlashtirish uchun zarur bo‘lgan vakolatlarni berishni nazarda tutadigan maxsus huquqiy rejimdir.
LiveBarchasi