Ukraina yiliga 60 milliard dollar harbiy yordam oladi
Olam
−
29 iyun 2024
5347Endilikda Ukraina Yevropa Ittifoqi va AQSHdan harbiy yordam sifatida yiliga 60 milliard dollar oladi. Bu haqda mamlakat Bosh vaziri Denis Shmigal ma’lum qildi.
“Biz boshqa davlatlar bilan hamkorlikni mustahkamlayapmiz, chunki faqat kuchli koalitsiyagina Ukraina hisobiga g‘alabani ta’minlay oladi. Ukraina o‘z ittifoqchilari, jumladan, Yevropa Ittifoqi va AQSH bilan xavfsizlik bo‘yicha 20 ta shartnoma imzolagan”, deydi Bosh vazir.
Shuningdek, kelishuvlarga ko‘ra, Ukrainaga ittifoqchi bo‘lgan davlatlar yiliga 60 milliard dollar miqdorida kelgusi to‘rt yil davomida harbiy yordam ko‘rsatishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar oyi o‘rtalarida Britaniya Kiyev bilan xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risida bitim tuzgan ilk davlat bo‘lgandi. 16-17 fevral kunlari Zelenskiy Germaniya kansleri Olaf Shols va Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan ham xavfsizlik majburiyatlari va uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ikki tomonlama shartnoma imzolagan. Keyinroq bu safga Daniya ham qo‘shilgan. Oradan bir qancha muddat o‘tib Ukraina Latviya, Portugaliya, Shvetsiya, AQSH va Yevropa Ittifoqi bilan ham shartnoma imzolagandi.
LiveBarchasi
Isroil va HAMAS kelishuvga erishdi.
15 yanvar
Eron Prezidenti Markaziy Osiyoga keldi.
15 yanvar