Ukraina yil boshidan beri qancha yordam oldi?

Olam

image

Joriy yilning yanvar va fevral oylarida xalqaro hamkorlar Ukrainaga byudjet yordami sifatida 6,3 milliard dollar o‘tkazdi. Bu haqda bugun, 2 mart kuni Oliy Rada deputati Yaroslav Jeleznyak o‘z Telegram kanalida ma’lum qildi.

“Fevral oyida bizning byudjetimizga xalqaro yordam 75,6 milliard grivna (2 milliard dollar)ni tashkil etdi. 2023 yilning ikki oyi ichida biz allaqachon 230,8 milliard grivna (6,3 milliard dollar) oldik”, deb yozgan Oliy Rada deputati. 

Jeleznyakning aniqlik kiritishicha, Kiyev Yevropa Ittifoqidan 3,2 milliard dollar, AQSHdan 2,2 milliard dollar va Buyuk Britaniyadan 498 million dollar olgan.

Ma’lumot uchun, Ukraina Bosh vaziri Denis Shmixal joriy yilgi byudjet taqchilligi 38 milliard dollarni tashkil etganini ma’lum qilgan. U Yevropa Ittifoqidan 18 milliard dollar miqdoridagi makromoliyaviy yordam allaqachon ajratilganiga aniqlik kiritgan. Shuningdek, u sentyabrgacha mamlakat AQSHdan 10 milliard dollar olishi kerak ekanini aytgan. Bundan tashqari, bu yil Kanadadan 1,5 milliard dollar, Norvegiyadan esa besh yil davomida 7,5 milliard dollar va boshqa mamlakatlardan kichikroq kreditlar ajratish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Vazirga ko‘ra, barcha kelishuvlarni hisobga olgan holda, defitsitni yopish uchun Ukrainaga yana 5 milliard dollarga yaqin mablag‘ kerak bo‘lib, bu pullar Xalqaro valyuta jamg‘armasidan olinishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ukrainaga AQSH tomonidan 2 milliard dollarlik harbiy yordam, Kanadadan esa 32,5 million dollarlik yordam paketi ajratilgani e’lon qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Rossiya bosqini

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing