Ukraina yozda birinchi F-16 qiruvchilarini oladi – “Reuters”

Olam

image

Birinchi F-16 qiruvchi samolyotlari Ukrainaga iyun yoki iyul oylarida yetkaziladi. Bu haqda “Reuters” Kiyevdagi harbiy manbaga tayanib xabar berdi.

Manba samolyotni qaysi davlat yetkazib berishiga aniqlik kiritmagan. Avvalroq Daniya, Niderlandiya, Norvegiya va Belgiya Kiyevga F-16 samolyotlarini yuborishga va’da bergan edi.

“Reuters” agentligining ta’kidlashicha, Rossiya armiyasining Xarkov viloyatidagi hujumi sharoitida F-16 samolyotlarini yetkazib berish Ukraina havo kuchlarining “hayotiy” yangilanishiga aylanishi mumkin.

Umuman olganda, Ukraina 45 ga yaqin samolyot qabul qilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya Ukrainaga muddati o‘tgan uzoq masofali Scalp raketalarini, Germaniya esa 3 ta HIMARS raketa uchirgichlarini yetkazib berishi ma’lum qilingandi.  


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina F-16

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made