Ukraina Yevropadan ko‘proq qurol va Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kutmoqda

Olam

image

Kiyev Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Belarusda taktik yadro qurolini joylashtirish qaroridan so‘ng Yevropadan Moskvaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishini kutmoqda va qarshi hujum uchun qo‘shimcha qurollar so‘ramoqda. Bu haqda bugun, 26 mart kuni Fransiyaning LCI telekanali efirida Ukraina Prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Kiyev Parijdan yetakchi rol, mas’uliyat, qat’iylik va tarixiy tanlov qilishini kutmoqda. 

“Rossiya bizga uchuvchisiz uchish qurilmalari, ballistik raketalar bilan hujum qilmoqda. Ular bizga qarshi aviatsiyadan, jumladan, taktik yadroviy qurollar bilan jihozlanishi mumkin bo‘lgan aviatsiyadan foydalanmoqchi va biz aviatsiya sohasida bir xil imkoniyatlarga ega bo‘lgan taqdirdagina ularga javob bera olamiz. Fransiyaning bu borada o‘rnak bo‘lishi juda ma’qul bo‘lardi”, degan Mixail Podolyak.

Ukraina Prezidentining maslahatchisi Parij tomonidan Mirage qiruvchi samolyotlarini yetkazilishini nazarda tutmaganligini qo‘shimcha qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev Germaniya tomonidan muvofiqlashtirilgan tank koalitsiyasi misolida Yevropada “havo koalitsiyasi” ham tuzilishini kutmoqda. 

“Bugungi kunda biz samarali aviatsiya guruhini yaratishimiz kerak. Ha, Fransiya boshqa davlatlar bilan ushbu sohadagi muzokaralarni qo‘llab-quvvatlash uchun yetakchi va muvofiqlashtiruvchi rolni o‘ynashi mumkin”, degan Podlyak Kiyevda Ukrainaga qo‘shimcha qurol-yarog‘larni yetkazib berish konsepsiyasi borligini qo‘shimcha qilib.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yetkazib berishlarning barchasi Kiyevga qarshi hujum uchun kerak. Biroq hozircha Ukrainada yetarlicha resurslar to‘planmangan. Xususan, 155 millimetrlik snaryadlar, tanklar, taktik o‘q-dorilar hali ham yetarli emas. Shuning uchun Podalyak G‘arbni tezroq harbiy yordam yuborishga chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin Rossiya Federatsiyasi Minsk tomonining iltimosiga ko‘ra, o‘zining taktik yadroviy qurollarini Belarusga joylashtirishini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

qurol Ukraina sanktsiyalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing